FIA Apellyatsiya sudi Audiʼning Italiya Gran-prisi natijalariga shikoyatini rad etdi
FIA Xalqaro apellyatsiya sudi Audiʼning Italiya Gran-prisi natijalariga bildirgan eʼtirozini rad etdi. Racing Bulls piloti Tsunodaning 10-oʻrni oʻzgarishsiz qoldi.

Monzadagi poyga 6-sentabr kuni boʻlib oʻtdi. Tsunoda start panjarasida notoʻgʻri katakka joylashdi, keyin oxirgi lahzada kerakli joyga oʻtdi, biroq bolidini qiya qoʻydi. Shundan soʻng FIA poyga direktori Rui Markesh qoʻshimcha qizdirish aylanishini belgiladi.
Qoidalarga koʻra, bunday aylanishga sabab boʻlgan pilot poygani pit-leyndan boshlashi kerak. Biroq Tsunoda bunday qilmadi. Racing Bulls qoʻshimcha aylanishni Markesh belgilagani, poygachi esa oʻz katagi chegarasida boʻlganini taʼkidladi. Stevardlar bu pozitsiyani qabul qilib, pilotni jazolamadi.
Audi Tsunoda «stop-end-go» jazosiga loyiq edi, deb hisoblagan. Bu jazo finishdan soʻng 30 soniyalik jazoga almashtirilishi mumkin edi. Apellyatsiya qanoatlantirilganida, Tsunoda 10-oʻrinni boy bergan, uning oʻrnini Audi piloti Gabriel Bortoleto egallagan boʻlardi.




