FIDE klassik shaxmatda vaqt nazoratini qisqartiradi
Federatsiya Bosh assambleyasi turnirlarda qisqartirilgan formatlardan foydalanishni osonlashtiruvchi rezolyutsiyani maʼqulladi.

FIDE Islandiya Shaxmat federatsiyasining klassik shaxmatdagi vaqt nazoratini qisqartirish haqidagi taklifini tasdiqladi. Qaror hozircha qoidalarni oʻzgartirmaydi, biroq meʼyoriy bazani ishlab chiqishi kerak boʻlgan FIDE Kengashi uchun yoʻnalish belgilaydi.
Endilikda «60 daqiqa + har bir yurish uchun 30 soniya» vaqt nazorati alohida maʼqullashni talab qilmaydi. Ayrim turnirlarda «45+30» formatiga ruxsat beriladi. Bunda cheklovlar saqlanib qoladi: unvonlar va meʼyorlar uchun hisobga olinadigan turnirlarda kuniga ikkitadan ortiq partiya oʻtkazilmaydi, vaqt nazorati qisqartirilgan bitta turnirda esa faqat bitta norma olish mumkin.


