«Bu oylarni mehnat, ogʻriq va koʻz yoshlar bilan oʻtkazishga tayyorman»: Xvicha «xochsimon bogʻlamlari» jarohatidan soʻng muxlislarga murojaat qildi
«Barselona»ga qarshi oʻyindagi toʻqnashuvdan soʻng PSJ yarim himoyachisi oʻng tizzasidan operatsiya qilinishi kerak.
21-oktabr, 21:12По-русски

Первоисточник — instagram.com/kvara7
Parijda PSJ Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda «Barselona»ni 4:2 hisobida magʻlub etdi. 59-daqiqada Kvaratsxeliya ogʻir jarohat sabab maydonni tark etdi.
25 yoshli futbolchiga oʻng tizzasidagi oldingi xochsimon bogʻlam uzilishi tashxisi qoʻyildi. U muxlislarga murojaatida qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi va kuchliroq boʻlib qaytishga vaʼda berdi.
Kvaratsxeliya bu mavsumda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Gruziyalik futbolchi, shuningdek, 2026 yil yakunlari boʻyicha «Oltin toʻp»ga daʼvogarlik qilmoqda.


