Du Plessi UFC kamarini qaytarib olishni, shundan soʻng yarim ogʻir vaznga oʻtishni istashini aytdi
Jangchi Hamzat Chimaev bilan jangda chempionlik unvonidan ayrildi, iyul oyida esa besh raund yakuniga koʻra Kamaru Usmanni magʻlub etdi.
20-oktabr, 12:52По-русски

Первоисточник — hasanmajed, Unsplash
Du Plessi avval oʻrta vazn toifasidagi chempionlik unvonini qaytarib olishni, shundan keyin esa 93 kg gacha boʻlgan vazn toifasiga koʻtarilishni rejalashtirmoqda.
U ikkinchi kamarni qoʻlga kiritishga umid qilmoqda va oʻzini yarim ogʻir vazn divizioni uchun yetarlicha yirik deb hisoblaydi. Jangchining soʻzlariga koʻra, oʻrta vazn chegarasiga sigʻish uchun u taxminan 20 kg vazn tashlaydi.

