Formula-1 Meksika Gran-prisi translyatsiyalari jadvali
Oʻzbekistonda bosqichni Setanta Sports namoyish etadi; barcha poygalarni Sky Sports va F1 TV orqali ham tomosha qilish mumkin.
27-oktabr, 10:49По-русски
Formula-1 Meksika Gran-prisi Mexiko shahrida 30-oktabrdan 1-noyabrgacha boʻlib oʻtadi va 2026-yilgi mavsumning 19-bosqichi boʻladi.
Birinchi mashgʻulot 30-oktabr kuni soat 23:30 da boshlanadi. 31-oktabr kuni ikkinchi mashgʻulot soat 3:00 da, uchinchi mashgʻulot esa 22:30 da oʻtkaziladi. Kvalifikatsiya 1-noyabr kuni soat 2:00 da, poyga esa 1:00 da boshlanadi. Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.


