«Chelsi» Dastan Satpayevga «Byornli» safida oʻynashni taqiqladi
Murabbiy Niki Hayen muxlislar noroziligidan soʻng qozogʻistonlik vingerning «Charlton»ga qarshi oʻyin qaydnomasiga kiritilmaganini izohladi.
15-oktabr, 15:11По-русски

Unsplash — Vienna Reyes
«Byornli» «Charlton» bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi, biroq Dastan Satpayev hatto uchrashuv qaydnomasidan ham joy olmadi.
Murabbiy Niki Hayenning soʻzlariga koʻra, «Chelsi» 18 yoshli qozogʻistonlik futbolchiga maydonga tushishga ruxsat bermagan. Satpayev «Byornli» safida ijara asosida oʻynamoqda.
Avvalroq Satpayev 2-sentabr kuni «Midlsbro»ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sabab bir oydan koʻproq vaqtni oʻtkazib yuborgandi. Uning hisobida «Byornli» safida gol yoki golli uzatmasiz oʻtkazilgan beshta oʻyin bor, biroq u mavsumoldi tayyorgarlik davrida «Chelsi» uchun gol urgan.


