Soʻnggi yangiliklar21:29 · Boshqa sport turlari«Uzoq istiqbolga qaratilgan ish». Shvyontek Fransisko Royg bilan hamkorligi haqida21:09 · Boks va MMAMalyoxin: Volkov UFC chempionlik kamari uchun jangga loyiq20:48 · Boshqa sport turlari“Bridgestone” shinalar yetkazib beruvchisi sifatida “Formula-1”ga qaytishga tayyorlanmoqda20:26 · Boks va MMAPetr Yanning murabbiyi UFC 333 turnirida rossiyalik jangchining shortigi nega tushib ketganini aytib berdi20:06 · Boshqa sport turlariOʻzbekiston FIA avtosport chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi19:45 · BasketbolGobert «Minnesota»dan trash-tokga berilib ketmaslikni soʻradi: «Agar soʻzlardan keyin harakatlar boʻlsa, bu yaxshi»19:25 · Boshqa sport turlari«Bu yerda chekishga ruxsat berilgan»: Volf Rassellning AQSh Gran-prisidagi jarimasi haqida hazillashdi19:06 · Boshqa sport turlari«Men Avstraliyada boʻlaman». Novak Jokovich — keyingi mavsum rejalari haqida18:45 · Boshqa sport turlariThe Race talqiniga koʻra, AQSh Gran-prisining eng yaxshi poygachisi Andrea Kimi Antonelli boʻldi, eng yomoni esa Franko Kolapinto18:26 · Boshqa sport turlariAlimpievich: «Avval “Beshiktosh”ga 200–300 tomoshabin kelardi. Endi esa katta arenani toʻldiryapmiz»18:07 · Boshqa sport turlariHolger Rune Bazeldagi ATP-500 turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi17:46 · FutbolOʻzbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi oʻyinlar jadvali maʼlum boʻldi
Boks va MMA

Chernogoriyada 18 nafar oʻzbekistonlik bokschi jahon oltini uchun kurashadi

Turnirda 500 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi, Oʻzbekiston sharafini esa erkaklar va ayollar terma jamoalaridan 18 nafar bokschi himoya qiladi.

16-oktabr, 01:00По-русски
Unsplash — Prateek Katyal

Chernogoriyaning Budva shahrida 19 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida boks boʻyicha jahon chempionati boshlanadi. Birinchi kun dasturidan tantanali ochilish marosimi, qurʼa tashlash jarayoni hamda musobaqa texnik qoʻmitasining yigʻilishi oʻrin olgan.

Turnir medallari uchun sayyoramizning qariyb 80 davlatidan kelgan 500 nafardan ortiq bokschi kurashadi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidan 18 nafar sportchi joy oldi: 10 nafar oʻgʻil bola va 8 nafar qiz.

Erkaklar vazn toifalarida mamlakat sharafini Amirjon Suponov (50 kg gacha), Elyor Rustamov (55 kg gacha), Muhammad Rizo Ukimov (60 kg gacha), Jahongir Zayniddinov (65 kg gacha), Zulfiqor Adhamjonov (70 kg gacha), Suxrob Rahmatullayev (75 kg gacha), Abrorbek Sharipov (80 kg gacha), Sardorbek Bahromxoʻjayev (85 kg gacha), Asadbek Sultonboyev (90 kg gacha) va Islom Salihov (90 kg dan yuqori) himoya qiladi.

Ayollar oʻrtasidagi bahslarda esa medallar uchun Muxtasar Aliyeva (48 kg gacha), Nazokat Mardonova (51 kg gacha), Shodiyona Melikuzieva (54 kg gacha), Robiya Ravshanova (57 kg gacha), Sevara Mamatova (60 kg gacha), Aselya Tulegenova (65 kg gacha), Maftuna Yangiyeva (70 kg gacha) va Samira Turgunova (75 kg gacha) bellashadi.

Jadvalga koʻra, dastlabki va chorak final janglari 16–24 oktabr kunlari oʻtkaziladi. Yarim final bahslari 25 oktabrga, unvonlar uchun hal qiluvchi janglar esa 27 oktabrga rejalashtirilgan.

Yana oʻqing