Soʻnggi yangiliklar27-oktabr, 21:29 · Boshqa sport turlari«Uzoq istiqbolga qaratilgan ish». Shvyontek Fransisko Royg bilan hamkorligi haqida27-oktabr, 21:09 · Boks va MMAMalyoxin: Volkov UFC chempionlik kamari uchun jangga loyiq27-oktabr, 20:48 · Boshqa sport turlari“Bridgestone” shinalar yetkazib beruvchisi sifatida “Formula-1”ga qaytishga tayyorlanmoqda27-oktabr, 20:26 · Boks va MMAPetr Yanning murabbiyi UFC 333 turnirida rossiyalik jangchining shortigi nega tushib ketganini aytib berdi27-oktabr, 20:06 · Boshqa sport turlariOʻzbekiston FIA avtosport chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi27-oktabr, 19:45 · BasketbolGobert «Minnesota»dan trash-tokga berilib ketmaslikni soʻradi: «Agar soʻzlardan keyin harakatlar boʻlsa, bu yaxshi»27-oktabr, 19:25 · Boshqa sport turlari«Bu yerda chekishga ruxsat berilgan»: Volf Rassellning AQSh Gran-prisidagi jarimasi haqida hazillashdi27-oktabr, 19:06 · Boshqa sport turlari«Men Avstraliyada boʻlaman». Novak Jokovich — keyingi mavsum rejalari haqida27-oktabr, 18:45 · Boshqa sport turlariThe Race talqiniga koʻra, AQSh Gran-prisining eng yaxshi poygachisi Andrea Kimi Antonelli boʻldi, eng yomoni esa Franko Kolapinto27-oktabr, 18:26 · Boshqa sport turlariAlimpievich: «Avval “Beshiktosh”ga 200–300 tomoshabin kelardi. Endi esa katta arenani toʻldiryapmiz»27-oktabr, 18:07 · Boshqa sport turlariHolger Rune Bazeldagi ATP-500 turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi27-oktabr, 17:46 · FutbolOʻzbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi oʻyinlar jadvali maʼlum boʻldi
Futbol

«Manchester Siti» homiylik daromadlarini £830 mln ga oshirib koʻrsatgan: bu boshqa klublarga qanday qilib £844 mln zarar keltirishi mumkin edi

BBC Sport hisob-kitoblariga koʻra, «Siti»ni homiylik shartnomalari orqali moliyalashtirish sxemasi 2009–2018 yillarda Angliyaning boshqa klublarini £844 mln mukofot puli va daromaddan mahrum qilgan boʻlishi mumkin.

14-oktabr, 16:52По-русски

Premer-liga mustaqil komissiyasi «Manchester Siti»ni homiylik daromadlarini £830 mln ga, xarajatlarini esa £90 mln ga oshirib koʻrsatishda aybdor deb topdi. Klub qoidabuzarliklarni rad etmoqda va qaror ustidan shikoyat qiladi.

Agar bu mablagʻlar boʻlmaganida, jamoalar natijalari boshqacha boʻlishi mumkin edi: boshqa klublar turnir jadvalidagi oʻrinlari uchun koʻproq mukofot puli olishi, quyi ligaga tushib ketishdan qutulishi yoki Chempionlar ligasiga chiqishi mumkin edi. BBC Sport toʻqqiz mavsum davomida 35 klubning moliyaviy yoʻqotishlarini tahlil qildi.

Ehtimoliy yoʻqotishlarning umumiy summasi £844 mln ni tashkil etdi. Bu miqdorga Premer-ligadagi oʻrinlar uchun £188,2 mln, quyi ligaga tushib ketishlar sababli £349,7 mln, Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun £217,8 mln hamda kuboklar va Yevropa ligasi uchun £88,3 mln kiradi.

Eng koʻp «Tottenhem» — £120 mln yoʻqotgan boʻlishi mumkin. «Siti» Chempionlar ligasiga chiqqan paytlarda klub toʻrt marta beshinchi oʻrinni egallagan. 2014/15-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi oʻrtasidagi mukofot pullari farqi £53,5 mln ni tashkil etgan.

«Liverpul» £52,3 mln ni kam olgan boʻlishi mumkin. Bu summaning £37,8 mln qismi 2016-yilda Yevropa ligasida ehtimoliy gʻalaba uchun toʻgʻri keladi. «Everton» Chempionlar ligasi va Yevropa ligasiga besh marta chiqa olmagani sababli £66,4 mln yoʻqotgan.

«Hall Siti» Premer-ligadan ikki marta tushib ketgan, bu klubga £99 mln ga tushgan boʻlishi mumkin. «Suonsi» £63,1 mln, «Nyukasl» esa bir marta quyi ligaga tushib ketgani sababli £60,4 mln yoʻqotgan.

Yana oʻqing