Robert Kubitsa: «Alonsoga nafaqat yutuqlari, balki avtosportga boʻlgan ulkan ishtiyoqi uchun ham hurmat bilan qarash kerak. Bu borada biz oʻxshashmiz»
Polshalik poygachi hayot mazmunini poygalar bilan bogʻlashini va vaqtining 95 foizini ushbu sportga bagʻishlashini taʼkidladi.
19-oktabr, 16:45По-русски

WEC poygachisi Robert Kubitsa «Aston Martin» piloti Fernando Alonsoning poygalarga qaytishi ehtimolini istisno qilmadi.
Kubitsaning fikricha, ispaniyalik sportchi kuchi yetib turguncha, avtosportga boʻlgan istagi va ishtiyoqi saqlanib qolar ekan, ishtirok etishda davom etadi. U Alonsoga nafaqat yutuqlari, balki eng tezkor mashina boʻlmasa ham kurashishga tayyorligi uchun hurmat bilan qarash kerakligini taʼkidladi.
Kubitsa poygachilar rulga oʻtirib, shlem kiygan va tashqi olamdan butunlay uzilgan paytda oʻzlarini ayniqsa baxtiyor his qilishlarini qoʻshimcha qildi.


