ZM-2026 ovoz berishida qatnashgan jurnalist: «Keyn barcha koʻrsatkichlar boʻyicha Mbappeni ortda qoldirdi»
Gʻolibning ismi 26-oktabr kuni Londonda mukofotni topshirish marosimida eʼlon qilinadi.
24-oktabr, 21:39По-русски

Первоисточник — instagram.com/harrykane
«Oltin toʻp» sohibini aniqlash uchun oʻtkazilgan ovoz berishda qatnashgan Anton Maena Kilyan Mbappedan koʻra Harri Keynga ustunlik berdi. Jurnalist buni Keynning sermahsulligi yuqoriroq ekani, Mbappe jamoasining Chempionlar ligasidan chiqib ketgani va jahon chempionatida Keynning Mbappeni magʻlub etgani bilan izohladi.
Bundan tashqari, Maena Keynning Germaniyada qoʻlga kiritgan unvonlarini ham taʼkidladi. Uning fikricha, Mbappening bayonotlari sabab hujumchining mavsumi aslida qanday oʻtganidan koʻra muvaffaqiyatliroq koʻrinishi mumkin edi.


