Bublik UFC jangchisi Shavkat Raxmonov bilan Olmaotadagi nigohlar dueli haqida gapirdi
Tennischi, shuningdek, Karen Xachanov bilan suhbatlari va Islam Maxachev bilan doʻstligi ortidan janglarni kuzata boshlaganini aytdi.
20-oktabr, 13:30По-русски

Первоисточник — instagram.com/bublik
Qozogʻistonlik tennischi Aleksandr Bublik Olmaotada mahorat darsi oʻtkazib, UFC jangchisi Shavkat Raxmonov bilan uchrashdi. Ular ilk bor koʻrishishdi, shundan soʻng staredaun — nigohlar duelini oʻtkazishdi. Bublik bu tajriba uning uchun yangi boʻlganini aytib, mojaro boʻlmagani uchun bunday vaziyat unga kulgili tuyulganini, haqiqiy adovat boʻlganida esa qoʻrqitishi mumkinligini taʼkidladi.
Sportchi Toshkentda oʻtkazilgan IBA Nomad turnirida qatnashgan Iskandar Ziyoyevni ham kuzatib boradi va u bilan doʻstona muloqot qiladi. Bublikning soʻzlariga koʻra, Ziyoyev uning uchrashuviga kelishi mumkin.


