«Menda hech narsa oʻxshamayapti». Jovanni Mpetshi Perrikar ruhiy holdan toyganini maʼlum qildi
Fransiyalik tennischi kortdagi va undan tashqaridagi qiyinchiliklar haqida gapirib, ular sabab fikrlash tarzini oʻzgartirishiga toʻgʻri kelganini aytdi.
20-oktabr, 18:48По-русски

Первоисточник — instagram.com/giovanni.mpetshi
Jahon reytingida 145-oʻrinda turgan Jovanni Mpetshi Perrikar yengil depressiya va holdan toyishni boshdan kechirayotganini tan oldi. Uning taʼkidlashicha, hozir unda faqat toʻp kiritish oʻxshyapti, oʻyinning qolgan jihatlari esa yaxshilanishga muhtoj.
Tennischining aytishicha, eng ogʻir davrida doʻstlari uni qoʻllab-quvvatlagan. Perrikar vaziyatni barqarorlashtirish uchun tiklanish jarayonini davom ettirishi kerakligiga ishonch bildirdi.


