Kulthard: «“Formula-1” bolidlarining hozirgi avlodi kimlargadir mos kelmayapti, degan fikrga qoʻshilishga tayyor emasman»
“Formula-1”ning sobiq haydovchisi Devid Kulthard yangi texnik reglament 2026-yilgi bolidlarga ayrim poygachilarning moslashishidagi muammolarga sabab boʻlganiga qoʻshilmaydi.
27-oktabr, 14:19По-русски

commons.wikimedia.org — Yu Chu Chin
Shotlandiyalik haydovchi faoliyati davomida turli konfiguratsiyadagi mashinalarni boshqarganini, shunga qaramay, uning natijalari barqaror boʻlib qolganini eslatdi.
U Senna yoki Shumaxerda «yomon mashina» boʻlganmi, degan savolni oʻrtaga tashladi va Lyuis Xemiltonning qiyinchiliklari texnika bilan emas, balki “Formula-1”dan charchagani bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.
Ostindagi poyga Lyuis uchun Leklerga qaraganda ogʻirroq kechdi, biroq Kulthard bolidlarning hozirgi avlodi kimlargadir mos kelmayapti, deb taʼkidlashga tayyor emas.


