Stefanos Tsitsipas Bazeldagi ATP-500 turniridan chiqdi
Shveysariyadagi turnir 26-oktabrdan 1-noyabrgacha boʻlib oʻtadi; avvalroq Aleksandr Bublik va Alejandro Davidovich-Fokina ham unda qatnashishdan bosh tortgandi.
26-oktabr, 17:28По-русски

Первоисточник — instagram.com/stefanostsitsipas98
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas Bazeldagi ATP-500 turniridan chiqdi.
Uning oʻrnini birinchi davrada dunyoning 86-raketkasi, avstraliyalik Rinki Xidzikata egallaydi. U ATP reytingida 14-oʻrinda turgan amerikalik Teylor Fritsga qarshi oʻynaydi. Turnirning amaldagi chempioni braziliyalik Joao Fonseka hisoblanadi.


