Oʻzbekiston FIA avtosport chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi
23–25 oktabr kunlari Tailandda oʻtkazilgan turnirda Oʻzbekiston sportchilari toʻrtta oltin va ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi.
27-oktabr, 20:06По-русски

uzdaily.uz — UZMAMF
Oʻzbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi (UZMAMF) maʼlumotlariga koʻra, mamlakat terma jamoasi FIA Asia-Pacific Motorsport Championship 2026 musobaqasining umumiy hisobida ilk bor ikkinchi oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston sportchilari eng yaxshi natijani karting-slalomda qayd etdi. Musobaqalar Bira Circuit avtopoyga majmuasida oʻtkazildi.


