«Dinamo» himoyachisi Devid Rikardo: ««Zenit» va CSKAdan takliflar boʻlgan, ammo men soʻzida turadigan odamman»
«Botafogo»dan 6 million yevro evaziga oʻtgan braziliyalik futbolchi RPLdagi 10 ta uchrashuvning barchasida almashtirilmasdan toʻliq oʻynadi, biroq natijali harakat qayd etmadi.
16-oktabr, 01:20По-русски

Unsplash — Peter Glaser
Devid Rikardoning aytishicha, «Dinamo»ga oʻtishi rasmiylashtirilishidan oldin unga CSKA va «Zenit» ham qiziqish bildirgan. Himoyachi rad javobini oʻzini soʻzida turadigan odam deb bilishi va allaqachon kelishib qoʻygan kishilarini noqulay ahvolga solishni istamagani bilan izohladi.
23 yoshli himoyachining klub bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.


