«Uzoq istiqbolga qaratilgan ish». Shvyontek Fransisko Royg bilan hamkorligi haqida
Jahonning sakkizinchi raketkasi ayrim omadsiz haftalar uning oʻyinni rivojlantirishga boʻlgan izchil yondashuvini nega oʻzgartirmasligini tushuntirdi.
27-oktabr, 21:29По-русски

commons.wikimedia.org — Navin75
Katta dubulgʻa turnirlarining olti karra chempioni Iga Shvyontek murabbiy Fransisko Royg bilan hamkorligi haqida gapirdi.
Polshalik tennischi Royg bilan ishlashni boshlashidan oldin bir nechta mutaxassis bilan hamkorlik qilib ulgurganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, har bir murabbiyning tennisga oʻz qarashi bor, biroq oʻyinni rivojlantirish ancha keng koʻlamli jarayonni talab qiladi va muayyan haftadagi natija omadsiz boʻlganida xotirjamlikni saqlashga yordam beradi.


