“Bridgestone” shinalar yetkazib beruvchisi sifatida “Formula-1”ga qaytishga tayyorlanmoqda
Kompaniya vakillari allaqachon Singapur va AQShdagi bosqichlarda boʻlib, shartnoma uchun kurashga tayyorgarlik koʻrmoqda.

“Bridgestone” chempionatga qaytishga faol tayyorgarlik koʻrmoqda. Hozir “Formula-1”ning shinalar yetkazib beruvchisi “Pirelli” boʻlib qolmoqda. Uning shartnomasi uzaytirilganidan keyin kamida 2028 yil oxirigacha amal qiladi.
Yaponiya ishlab chiqaruvchisi 1997 yildan 2006 yilgacha “Michelin” bilan birga ushbu seriyada qatnashgan, 2007 yildan esa yagona shinalar yetkazib beruvchisiga aylangan. Kompaniya 2010 yilda chempionatni tark etgan. Kelishuv muddati tugagach, FIA tender eʼlon qiladi va uning gʻolibi bilan muzokaralarni boshlaydi.
2025 yilda “Bridgestone”dagi muhim lavozimlardan birini kompaniyaning sobiq xodimi Hiroshi Imai egalladi. U 2009 yildan 2025 yilgacha “McLaren”da muhandis boʻlib ishlagan. Manbalar Imaigning qaytishini kompaniyaning “Formula-1” borasidagi rejalari bilan bogʻlamoqda. “Hankook” va “Michelin” ham chempionat bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda.


