«Bavariya» Olise chetlatilganidan keyin «Viking» bilan 3:3 oʻynadi
Norvegiya klubi soʻnggi daqiqada hisobni tenglashtirdi. Fransiyalik futbolchi ikki sariq kartochka olgani uchun chetlatildi, ulardan biri raqibining yuziga toʻp otgani sabab berilgandi.

Chempionlar ligasi uchrashuvi 90-daqiqada «Viking» gol urganidan keyin durang bilan yakunlandi. Bungacha «Bavariya» Garri Keynning dubli evaziga 0:2 hisobidagi ortda qolishni bartaraf etdi.
Maykl Olise ketma-ket ikkita sariq kartochka olgani uchun chetlatildi: birinchisi — fol uchun, ikkinchisi esa «Viking» sardorining yuziga toʻp otgani sabab berildi. Qizil kartochka tufayli u «Arsenal»ga qarshi navbatdagi uchrashuvni oʻtkazib yuboradi.
Keyn Chempionlar ligasidagi ketma-ket toʻqqizinchi oʻyinida gol urib, Robert Levandovskiyning klub rekordini takrorladi. U Krishtianu Ronalduning rekordidan esa ikki oʻyinga ortda qolmoqda.
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Olisening chetlatilishini «oʻta ahmoqona» deb atadi. «Mayklning koʻzlaridan uning pushaymon ekani va jamoani pand berganini tushunayotgani koʻrinib turibdi», — dedi u. Keyn qizil kartochka hammasini oʻzgartirib yuborganini tan oldi: «U qattiq iztirob chekadi, ammo masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi kerak. Xatolar boʻlib turadi, u bundan saboq olishi lozim».


