Oʻzbekiston yoshlar futzal terma jamoasi Qirgʻizistonga 2:4 hisobida yutqazdi
Bishkekda oʻtkazilgan ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvi Oʻzbekiston jamoasining magʻlubiyati bilan yakunlandi. Jamoa ketma-ket ikki uchrashuvda yutqazdi.
15-oktabr, 14:29По-русски

Unsplash — Pascal Swier
Uchrashuv 14-oktabr kuni Qirgʻiziston poytaxtida boʻlib oʻtdi. Mezbonlar ikkinchi daqiqadayoq Eldiyar Kasmakulovning goli evaziga hisobni ochdi.
Qirgʻiziston 22-daqiqada Atabek Kanybekovning goli bilan ustunligini ikki baravarga oshirdi. Abdulboriy Iliyosov 30-daqiqada farqni qisqartirdi, biroq Nurdin Mendibayev va Daules Jakypov hisobdagi farqni yana tikladi. Azizbek Jaloliddinov 39-daqiqada Oʻzbekistonning ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni 4:2 koʻrinishiga keltirdi.
12-oktabr kuni boʻlib oʻtgan birinchi uchrashuvda ham oʻzbekistonliklar 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi.


