Oliveyra: Geyji gonorar sabab keyingi jangga chiqmasligi mumkin
Braziliyalik UFC jangchisi yengil vazn chempioni Oq uyda oʻtkazilgan jangdan eng katta daromadini olganini va endi faoliyatini yakunlash yoki davom ettirishga qaror qilishi kerakligini deb hisoblaydi, deb yozadi MMA Fighting.

Charlz Oliveyra 12 dekabr kuni UFC 335 turnirida Diego Lopes ustidan qozonadigan gʻalabasi Jastin Geyji chempion boʻlib qolish-qolmasligidan qatʼi nazar, unga chempionlik jangi yoʻlini ochib berishiga ishonmoqda.
Geyji iyun oyida Ilya Topuriya ustidan nokaut bilan gʻalaba qozonib, Oq uy maysazorida yengil vazn kamarlarini birlashtirdi. Shundan beri u yil oxirigacha yangi janglar oʻtkazishni rejalashtirmayotganini aytdi. Bundan tashqari, u chempionlik maqomida faoliyatini yakunlash ehtimolini ham istisno qilmadi.
Oliveyra moliyaviy omil Geyji uchun hal qiluvchi boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi: «Shubhasiz, keyingi jangida u Oq uyda olganidan koʻproq daromad topmaydi. Bu noyob voqea boʻldi va hamma u yerda jang qilishni xohladi. Uning keyingi gonorari yaxshi boʻladi, ammo oʻshandagidek emas».
Jangchi Geyjining 33 ta professional jangdan soʻng faoliyatini yakunlash qarorini hurmat qilishini aytdi, biroq quyidagilarni taʼkidladi: «Agar u ketsa — uni olqishlar bilan kutib olishadi. Agar davom etsa — uning bosib oʻtgan yoʻli uchun baribir olqishlashadi».
Oliveyra, shuningdek, Lopes ustidan qozonilgan gʻalaba uni daʼvogarlar navbatida birinchi oʻringa olib chiqishini qayd etdi. Bu Arman Tsarukyanning avvalroq uni hakamlarning boʻlingan qarori bilan magʻlub etganiga qaramay yuz beradi. Braziliyalik jangchi oʻzining yulduz maqomi va 2022 yilda Geyji ustidan qozongan gʻalabasi hal qiluvchi rol oʻynashiga ishonmoqda.

