«Juda yaxshi raqib»: Karpin boʻlajak uchrashuv oldidan Oʻzbekiston terma jamoasiga baho berdi
12 noyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz maydonida Rossiya terma jamoasini qabul qiladi.
21-oktabr, 15:30По-русски

Первоисточник — instagram.com/vgkarpin
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Oʻzbekistonni juda yaxshi raqib deb atadi va yigʻin davomida jamoa Oʻzbekiston terma jamoasining kuchli jihatlarini tahlil qilish bilan shugʻullanishini maʼlum qildi.
Uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga rejalashtirilgan.


