Xorner: «Markoning OAV bilan muloqotida filtri yoʻq edi. Oqibatlarni tahlil qilarkanmiz, qancha koʻz yosh toʻkildi»
«Red Bull» jamoasining sobiq rahbari Kristian Xorner matbuot bilan oʻziga xos muloqot qilgani sababli koʻpincha muammolar keltirib chiqargan jamoaning sobiq maslahatchisi Gelmut Marko haqida gapirdi.

«Gelmut — eʼtiborga molik shaxs: u oʻtmishda ham poygachi, ham jamoa egasi boʻlgan. Ditrix Mateshits menga imkoniyat berishiga koʻp jihatdan aynan u sababchi boʻlgan. Eski maktab vakili, avariyadan keyin chiniqqan bu inson masalalarga oq-qora nuqtayi nazardan qarardi — u bilan hatto ishlash osonroq edi. U jamoani juda katta darajada qoʻllab-quvvatladi, maqsadlarga erishish va mustaqillikni saqlab qolishga yordam berdi.
Buning ikkinchi tomoni esa — unda filtrning umuman yoʻqligi edi: jurnalist savol bersa, u shunchaki haqiqatni aytardi. Bu jamoa ichidagi hayotni murakkablashtirardi — goh Edrian Nyui Gelmut nega yangilanishlar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilayotganiga hayron boʻlardi, goh Per Vashe nega buni matbuotga olib chiqayotganimizni tushunmasdi, goh esa poygachilar masalasida savollar paydo boʻlardi. Ammo u aynan shunday yoʻl tutardi.
OAV bilan munosabatlarda bu bizga yordam bermasdi. Biroq Ditrixning ishonchini qozonish va zarur qarorlarni ilgari sura olish nuqtayi nazaridan Gelmutning roli hal qiluvchi edi. Uning asosiy yoʻnalishi yoshlar dasturi boʻlib qolaverdi, u yerda u dadil qarorlar qabul qilardi.
Ammo yana mediadagi faoliyatiga qaytadigan boʻlsak: qancha koʻz yosh toʻkildi...», — dedi Xorner.


