Serxio Peres joriy mavsumni faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan biri deb atadi
“Cadillac” poygachisi Serxio Peres “Formula-1”ning joriy mavsumidagi ishtirokini baholadi. Hisobida ochko boʻlmaganiga qaramay, meksikalik poygachi bu yil faoliyatidagi eng yomon mavsum boʻldi, deb hisoblamaydi.
20-oktabr, 17:59По-русски
Peresning soʻzlariga koʻra, natijalar har doim ham poygachining haqiqiy darajasini aks ettirmaydi. U avtosportni yaxshi tushunadigan mutaxassislar uning barqarorligi, mahorati va trassadagi saʼy-harakatlarini baholay olishlarini taʼkidladi.
Poygachi “Formula-1”dagi muvaffaqiyat koʻp jihatdan bolid imkoniyatlariga bogʻliqligini ham qayd etdi. Shu bilan birga, Peres joriy mavsumni oʻziga ishonch, qaror qabul qilish va yetakchilik fazilatlari nuqtayi nazaridan faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan biri deb hisoblaydi.


