Sharl Lekler Konstruktorlar kubogidagi 2-oʻrin haqida: «2026-yil oxiridagi gʻalabalar katta quvonch keltirardi»
AQSh Gran-prisi oldidan «Ferrari» poygachisi Sharl Lekler jamoaning maqsadlarini belgilab, raqiblari haqida gapirdi.
23-oktabr, 18:20По-русски

commons.wikimedia.org — Martin Lee from London, UK
Leklerning soʻzlariga koʻra, Konstruktorlar kubogida ikkinchi oʻrinni egallash uning uchun jiddiy quvonch sababiga aylanmaydi. U «Ferrari» mavsum yakunigacha gʻalabalar uchun kurashib, ularga erishishini istaydi: bu jamoaga keyingi chempionatga yaxshi kayfiyat bilan kirish imkonini bergan boʻlardi.
Monakolik poygachi «Red Bull» vakili Izak Adjarning Singapurda «Ferrari» eng tezkor jamoa boʻlgani haqidagi fikrini rad etdi. U oʻz jamoasining tezligini ijobiy baholadi, biroq «Ferrari» hali ham rivojlanishi kerakligini tan oldi.


