«Neftchi» OFK Chempionlar ligasida «Al-Nasr»ga 1:3 hisobida yutqazdi
Fargʻona klubi 2026/27 yilgi mavsum turnirining ikkinchi turida Saudiya jamoasiga magʻlub boʻldi. Jamoa birinchi boʻlimda ikkita gol oʻtkazib yubordi.

Uchrashuv 13-oktabr kuni Ar-Riyoddagi Qirol Saud universiteti stadionida boʻlib oʻtdi. 34-daqiqada Anjelo Navaf Bu Vashlning uzatmasidan keyin hisobni ochdi.
42-daqiqada Krishtianu Ronaldu Sadio Manening jarima maydoniga oshirib bergan toʻpini golga aylantirib, mezbonlar ustunligini ikki baravarga oshirdi. Birinchi boʻlim oxirida «Neftchi» tomonidan urilgan gol Abrorbek Ismoilov ofsaydda qolganligi sababli bekor qilindi.
Ikkinchi boʻlimning 51-daqiqasida Alisher Odilov farqni qisqartirdi, ammo 65-daqiqada Ikromjon Alibayev toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi. 78-daqiqada Anvarjon Gʻofurov toʻpni oʻz darvozasiga burib yuborib, yakuniy hisobni belgiladi.
«Al-Nasr» turnirdagi dastlabki ochkolarini qoʻlga kiritdi, «Neftchi» esa ikkinchi turda magʻlubiyatga uchradi.


