«Bu yerda chekishga ruxsat berilgan»: Volf Rassellning AQSh Gran-prisidagi jarimasi haqida hazillashdi
Oskar Piastri bilan duel chogʻida britaniyalik poygachi trassa chegarasidan chiqib ketdi va besh soniyalik jarimaga tortildi.
27-oktabr, 19:25По-русски

commons.wikimedia.org — Jason Puddephatt
Hakamlar talqiniga koʻra, vaziyat odatiy mezonlar asosida baholanganida jarima 10 soniyani tashkil qilgan boʻlardi. Biroq holatning ayrim jihatlari jazoni yengillashtirishga imkon berdi.
Avval Formula 1 musobaqalarida qatnashgan Devid Kulthard qarorni shubha ostiga oldi: kurash birinchi davrada kechgan. «Mersedes» jamoasi vakili Toto Volf esa hazil bilan javob berdi: «Bu yerda chekishga ruxsat berilgan, shuning uchun, ehtimol».


