Futbol boʻyicha Rossiya U-19 terma jamoasi Toshkentdagi turnirda gʻolib chiqdi
Stanislav Korotayev jamoasi soʻnggi turda Oʻzbekistonni 2:1 hisobida magʻlub etib, Mirabror Usmonov xotira turnirida zafar quchdi.
7-oktabr, 17:43По-русски

Rossiya U-19 terma jamoasi Toshkentda oʻtkazilgan Mirabror Usmonov xotirasiga bagʻishlangan turnirda birinchi oʻrinni egalladi. Yakuniy bahsda Stanislav Korotayev jamoasi Oʻzbekiston ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Gollarni 57-daqiqada Ivan Vozrastov va 64-daqiqada Imran Firov kiritdi. 67-daqiqada Vadim Shilov maydondan chetlatilgach, rossiyaliklar bir kishi kam boʻlib qoldi, biroq gʻalabani saqlab qola oldi. Turnir yakunlariga koʻra Rossiya yetti ochko, Oʻzbekiston besh ochko, Saudiya Arabistoni va Armaniston esa uchtadan ochko jamgʻardi.


