Holger Rune Bazeldagi ATP-500 turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi
Bahs 2 soat 40 daqiqa davom etdi. Keyingi bosqichda Rune Hubert Hurkacz — Zizou Bergs juftligi gʻolibiga qarshi kortga chiqadi.
Avval jahon reytingida toʻrtinchi oʻrinda boʻlgan daniyalik tennischi Holger Rune Shveysariyaning Bazel shahrida oʻtkazilayotgan ATP-500 toifasidagi turnirning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Uning raqibi reytingda 45-oʻrinda turgan fransiyalik Quentin Halys boʻldi. Uchrashuv Rune foydasiga uchta keskin setda yakunlandi: 6:4, 6:7 (2:7), 7:6 (7:5).
Bahs 2 soat 40 daqiqa davom etdi. Shu vaqt ichida daniyalik tennischi 13 ta eys qayd etdi, uch marta qoʻshaloq xatoga yoʻl qoʻydi va oʻzida boʻlgan uchta breyk imkoniyatidan bittasidan foydalandi. Halys esa 32 ta eys qayd etib, beshta qoʻshaloq xatoga yoʻl qoʻydi, biroq qoʻlga kiritgan beshta breyk imkoniyatining birortasini ham amalga oshirolmadi.
Bazeldagi musobaqaning keyingi bosqichida Rune polshalik Hubert Hurkacz va belgiyalik Zizou Bergs oʻrtasidagi qarama-qarshilik gʻolibiga qarshi oʻynaydi.


