Mirko Filipovich Xrgovich va Jeyk Pol oʻrtasidagi jangni qoʻllab-quvvatladi
2006-yilgi Pride FC Gran-prisi gʻolibi mazkur toʻqnashuv har ikki sportchi uchun ham moliyaviy manfaat keltirishini taʼkidlamoqda, deb yozadi Net.hr.
7-oktabr, 18:28По-русски

Mirko Filipovich («Kro Kop») IBF chempioni Filip Xrgovich hamda bokschi-bloger Jeyk Pol oʻrtasida jang tashkil etilishi tarafdori ekanini bildirdi.
Filipovichning aytishicha, bunday toʻqnashuv Xrgovichga moliyaviy jihatdan katta foyda keltiradi. Sobiq jangchi oʻzi ham oʻz vaqtida Yaponiyada yuqori gonorarlar uchun ringga chiqqanini, buning aksini taʼkidlayotganlar esa yolgʻon gapirayotganini qayd etdi.
Avvalroq Jeyk Pol Xrgovichning Mozes Itauma ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng u bilan kuch sinashish istagini bildirgan edi.

