Olmo «PSJ»ga qarshi oʻyinda olgan jarohati sabab «El-Klasiko»ni oʻtkazib yuboradi
Olmo batafsil tibbiy koʻrikdan oʻtadi; «Barselona» murabbiylar shtabi futbolchining sogʻligʻini xavf ostiga qoʻymaydi.
21-oktabr, 12:33По-русски

commons.wikimedia.org — Bryan Berlin
Yakshanba kuni Dani Olmo «Barselona» safida La Liganing 10-turida Madridning «Real» klubiga qarshi uy uchrashuvida maydonga tushmaydi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining «PSJ»ga qarshi uchinchi oʻyinida yarim himoyachi jarohat oldi va 27-daqiqada almashtirildi. Kataloniyaliklar 2:4 hisobida magʻlub boʻldi.


