ATP oʻyinchilarga qaratilgan 284 mingdan ortiq haqoratli izohni aniqladi
Sunʼiy intellekt 3,7 millionta izohni tekshirdi, haqoratli xabarlarning 82 foizi esa tennischilar va muxlislar ularni koʻrishidan oldin oʻchirildi.
22-oktabr, 19:07По-русски

commons.wikimedia.org — Rob Keating from Canberra, Australia, Australia
ATP internetdagi tazyiqlarga qarshi qaratilgan Safe Sport dasturining ikkinchi yili yakunlarini sarhisob qildi.
Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, oʻyinchilarning 85 foizidan koʻprogʻi ijtimoiy tarmoqlarda haqoratga duch kelgan. Xabarlar 100 mingdan ortiq akkauntdan yuborilgan.
1800 dan ortiq izoh qoʻshimcha baholash uchun mutaxassislarga yuborildi. Bir necha holatda materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.


