World Gymnastics rossiyalik gimnastikachilarga viza berilmagani haqida: «Bu faqat Niderlandiya rasmiylari belgilaydigan jarayon»
Tashkilot bundan afsusda ekanini bildirdi: yuzaga kelgan vaziyat Rossiya delegatsiyasining tayyorgarligiga taʼsir koʻrsatib, chempionat atrofida chalkashliklar yuzaga keltirdi.
16-oktabr, 14:46По-русски

Unsplash — Eugene Lim
Rotterdamda sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionatida Angelina Melnikova, Viktoriya Listunova va Anna Kalmikova ishtirok eta olmaydi: ularga viza berilmadi.
Tashkilot bir nechta arizaning nima sababdan rad etilganini ayta olmadi. Shuningdek, World Gymnastics vaziyatni Niderlandiya rasmiylari, Rotterdam tashkiliy qoʻmitasi va Rossiya Gimnastika federatsiyasi bilan muhokama qilishda davom etayotganini maʼlum qildi.


