Dunyoning eng koʻp haq toʻlanadigan 10 futbolchisi maʼlum qilindi — ular qancha daromad oladi
Reytingda futbolchilarning maoshlari, klublar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar va futboldan tashqari daromadlar hisobga olingan.

2026/2027 yilgi mavsum prognoziga koʻra, birinchi oʻrin Kriştianu Ronalduga berilgan: «Al-Nassr» hujumchisi 300 mln dollar ishlab topishi kutilmoqda. Bu summaning katta qismini unga klub toʻlaydi.
Lionel Messi («Inter Mayami») 145 mln dollar bilan ikkinchi oʻrinda boʻladi. Undan keyingi oʻrinni Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe egallaydi — 100 mln dollar. Erling Holand («Manchester Siti») 85 mln dollar, Vinisius Junior («Real») esa 76 mln dollar oladi.
Kuchli oʻnlikdan, shuningdek, Lamin Yamal («Barselona»), Sadio Mane («Al-Nassr»), Jud Bellingem («Real»), Garri Keyn («Bavariya») va Mohamed Salah («Trabzonspor») ham joy oldi.


