Ayollar Chempionlar ligasidagi «Barselona» — «Arsenal» uchrashuvi 12 noyabrga koʻchirildi
Uchrashuv Ispaniyadagi umumiy ish tashlash sababli koʻchirildi, deya xabar berdi klubning rasmiy sayti.
15-oktabr, 01:14По-русски

commons.wikimedia.org — MichaelEmilio
«Barselona» ayollar jamoasining UEFA Chempionlar ligasi doirasida «Arsenal»ga qarshi uchrashuvi 12 noyabr kuni soat 18:45 da «Kamp Nou» stadionida oʻtkaziladi. Dastlab uchrashuv 11 noyabrga belgilangan edi.
Uchrashuvni koʻchirish «Arsenal» va UEFA bilan kelishilgan. 11 noyabrga xarid qilingan chiptalar oʻz kuchini saqlab qoladi. Turnirning amaldagi gʻolibi «Barselona» va «Arsenal» uchrashuvni guruh bosqichi doirasida oʻtkazadi.


