Kuper Blek NHL tarixidagi boʻyi eng baland darvozabonga aylandi
Bungacha rossiyalik Ivan Fedotov, amerikalik Ben Bishop va finlyandiyalik Mikko Koskinen eng baland boʻyli darvozabonlar boʻlgan — ularning boʻyi 200 sm edi.
23-oktabr, 14:35По-русски
Kuper Blek NHL muntazam chempionatida «Florida Panthers» safida «Pittsburgh Penguins»ga qarshi oʻyinda debyut qilib, liga darvozabonlari oʻrtasida yangi rekord oʻrnatdi.
25 yoshli darvozabonning boʻyi 205 sm.
«Florida» tarkibiga oʻtishidan oldin Blek jamoaning farm-klubi boʻlgan «Charlotte Checkers» safida AHLda oʻynagan. Mavsumning avvalgi oʻnta uchrashuvida «Panthers» darvozasini Akira Shmid va Yakub Markstryom qoʻriqlagan.


