Zak Lavin «Sakramento»dagi qiyinchiliklar haqida: «Hozir bizda, aslida, yetakchi yoʻq»
Jamoaning muntazam chempionatdagi navbatdagi raqibi «San-Antonio» boʻladi, uchrashuv 28-oktabr kuni oʻtkaziladi.
27-oktabr, 17:29По-русски
«Sakramento» «Memfis»ga 113:123 hisobida magʻlub boʻldi. Bu magʻlubiyat jamoa uchun ketma-ket uchinchisi boʻldi.
Zak Lavinning fikricha, klub mavsumning qiyin boshlanishini yengib oʻtishiga yordam beradigan yetakchini topishi kerak. Uning soʻzlariga koʻra, bu rolni oʻyinchi, tajribali murabbiy yoki bosh murabbiy yordamchisi zimmasiga olishi mumkin.
Basketbolchi Kris Polni misol qilib keltirdi va jamoa har bir oʻyinchining kuchli jihatlarini aniqlashi kerakligini qoʻshimcha qildi.
