Makdeniels “Minnesota” bilan yiliga 40 million dollarlik shartnomasini uzaytirdi
Basketbolchining shartnomasi 2029/30-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi, 2028-yilda esa u yangi uzaytirish boʻyicha muzokaralarni boshlashi mumkin.
20-oktabr, 21:30По-русски

Первоисточник — Markus Spiske, Unsplash
“Minnesota” va forvard shartnomani uzaytirish boʻyicha kelishib oldi. Yangi bitimni hisobga olgan holda, klub Makdenielsga keyingi toʻrt yil uchun 124 million dollar toʻlashni kafolatladi.
Makdeniels Entoni Edvards va Rudi Gobert bilan birga jamoa asosiy tarkibining muhim qismiga, shuningdek, perimetrdagi asosiy himoyachisiga aylandi. Oʻtgan mavsum uning faoliyatidagi eng yaxshisi boʻldi: u natijadorlik va maydondan zarba berish foizi boʻyicha shaxsiy rekordlarini yangiladi.
