«Paxtakor» «Al-Qodisiya» bilan oʻyinda magʻlubiyatdan qutuldi — 1:1
Dostonbek Hamdamov 89-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, oʻzbekistonlik klubning OFK Elita Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi.

Turnir asosiy bosqichining ikkinchi tur uchrashuvida «Paxtakor» Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» jamoasi bilan durang oʻynadi — 1:1. Bu natija Toshkent jamoasiga ikki uchrashuvdan soʻng magʻlubiyatsiz qolish imkonini berdi.
Mehmonlar 35-daqiqada hisobni ochdi: Tijjani Reynders Kristofer Bonsu Baaning uzatmasidan keyin gol urdi. 89-daqiqada hakam Yasser Al-Shahrani qoʻli bilan oʻynagani uchun «Al-Qodisiya» darvozasiga penalti belgiladi. Hamdamov 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi.
Birinchi boʻlimda «Paxtakor» bir nechta xavfli vaziyat yaratdi: Flamarion va Xoʻjiakbar Alijonov xavfli zarbalarini golga aylantira olmadi, Koen Kastels esa jamoasini ikki bor qutqardi. Tanaffusdan keyin har ikki tomon hujum qilishda davom etdi, biroq yakuniy hushtakkacha hisob oʻzgarmadi.


