Oʻzbekiston yoshlar futzal terma jamoasi Qirgʻizistonga 1:2 hisobida yutqazdi
Bishkekda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston jamoasi avtogoldan keyin hisobni tenglashtirdi, biroq 38-daqiqada hal qiluvchi golni oʻtkazib yubordi.
13-oktabr, 22:19По-русски

Uchrashuv Qirgʻizistonning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston darvozasiga birinchi golni 15-daqiqada Samandar Abduvoitov urdi, biroq bu avtogol boʻlib chiqdi. 18-daqiqada Begzod Mirqosimov hisobni tenglashtirdi, ammo 38-daqiqada Nurdin Mendiбаев mezbonlarga gʻalaba keltirgan golni urdi.
Nizomiddin Ziyoxiddinov, Aybek Qirgʻizov, Marlen Zamirbekov va Bobur Beyshenov sariq kartochka oldi.


