Superboulning ikki karra chempioni Leyn Jonson NFLdagi faoliyatini yakunladi
“Filadelfiya Iglz” oʻyinchisi soʻnggi yillarda oʻzi ochiq gapirib kelgan ruhiy salomatlik muammolari tufayli faoliyatini tugatishini eʼlon qildi.
Jonson shaxsiy sabablarga koʻra 4-tur doirasidagi “Los-Anjeles Rems”ga qarshi uchrashuvni (20:24 hisobidagi magʻlubiyat) oʻtkazib yubordi va ikki kundan soʻng faoliyatini yakunlaganini bildirdi. Oʻz bayonotida u ruhiy salomatligiga eʼtibor qaratish ayni paytdagi eng ustuvor vazifa ekanini taʼkidlagan.
NFLdagi 13 mavsumlik butun faoliyatini “Iglz” tarkibida oʻtkazgan Jonson ikki marta Superboul gʻolibiga aylandi va besh bor liganing ramziy terma jamoasiga kiritildi. U Amerika futboli tarixidagi eng yaxshi oʻng tekllardan biri hisoblanadi: u 2020-yilning 11-haftasidan 2023-yilning 9-haftasiga qadar ketma-ket 1 405 ta pasli hujum epizodida birorta ham sekka yoʻl qoʻymagan.
2025-yilning may oyida Jonson klub bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan edi, ammo 2025-yilgi mavsumdagi jarohat uning ligadagi kelajagini soʻroq ostida qoldirdi. U joriy yilda maydondan tashqaridagi majburiyatlar bosimini sabab qilib koʻrsatgan holda mashgʻulotlarni bir necha bor oʻtkazib yuborgan edi.


