Greg Rusedski Jokovichning ATP yakuniy turniriga chiqish imkoniyatini baholadi
Shanxay turniridan keyin Xodar peshqadamlikni qoʻlga oldi, Jokovich esa undan atigi 200 ochko ortda qolmoqda.

Sobiq dunyoning toʻrtinchi raketkasi Greg Rusedskining fikricha, Novak Jokovichning Turinda oʻtkaziladigan ATP-2026 yakuniy turnirida ishtirok etish imkoniyati saqlanib qolmoqda. Sobiq tennischi serb Parijda muvaffaqiyatli ishtirok etayotganini va u yerda allaqachon chempion boʻlganini eslatdi. Shu sababli uni kurashdan chiqarishga hali erta.
Rusedski fikricha, Jokovichga koʻrgazmali Six Kings Slam turnirining dekabr oxiriga koʻchirilishi ham yordam berishi mumkin. Parijdagi musobaqalargacha Novak Saudiya Arabistonidagi turnir sabab baribir oʻynamaslikni rejalashtirgandi. 19 oktabr holatiga koʻra, serb ATP Chempionlar poygasida 2840 ochko bilan 11-oʻrinda bormoqda.


