Shai Gilgeous-Alexander rekord seriyani uzaytirish imkoniyatidan voz kechdi
Shai Gilgeous-Alexanderning 20 va undan ortiq ochko toʻplangan 141 ta oʻyindan iborat rekord seriyasi «Denver»ga qarshi 96:84 hisobidagi gʻalabali bahsda toʻxtadi.

«Tander» 17 ochko oldinda turgan paytda Shai Gilgeous-Alexander yakuniy sirenagacha 1 daqiqa 43 soniya qolganida maydonni tark etdi.
Uchrashuv «Oklahoma»ning «Denver» ustidan 96:84 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Shai Gilgeous-Alexander 17 ochko jamgʻardi va uning 20 va undan ortiq ochko toʻplangan 141 ta oʻyindan iborat seriyasi uzildi.
«Tander» bosh murabbiyi Mark Daigneault aniqlik kiritishicha, yakuniy daqiqalarda oʻyinchini almashtirish tashabbuskori aynan basketbolchining oʻzi boʻlgan. Murabbiy buni Gilgeous-Alexanderning yuksak mahorati va yetukligidan dalolat deb atadi.
