Laporta: «Barselona» dunyodagi eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda
Klub prezidenti Kataloniya jamoasi mavsumdagi dastlabki 10 uchrashuvning barchasida gʻalaba qozongani va yangi gʻalabalarga tayyor ekanini taʼkidladi.

Joan Laporta «Barselona» Yevropa va jahonda futbolning eng yuqori darajasini namoyish etayotganiga ishonch bildirdi. U jamoa barcha turnirlardagi 10 ta uchrashuvda 10 ta gʻalaba qozonib, ayni paytda aʼlo sport formasida ekanini qayd etdi.
Laporta jamoa ichidagi muhit hamda Xansi Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabining faoliyati muvaffaqiyatlarga xizmat qilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, u futbolchilarning motivatsiyasi va yuqori saviyani saqlab qolishga boʻlgan intilishini alohida qayd etdi.
Arafada «koʻk-anorranglilar» safarda Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasini 4:1 hisobida yirik hisobda magʻlub etdi.


