«Neftchi» OFK Chempionlar ligasi uchrashuvining 90-daqiqasida «Al-Ittihod»ga yutqazdi
Mehmonlarga gʻalabani Yussef En-Nesiri keltirdi: zaxiradan maydonga tushgan hujumchi jarima zarbasidan gol urdi.
27-oktabr, 16:56По-русски

uzdaily.uz — «Нефтчи»
Fargʻonalik «Neftchi» 2026/2027-yilgi mavsum elita OFK Chempionlar ligasidagi uchrashuvni Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga 1:2 hisobida yutqazib yakunladi. Saudiya Arabistoni jamoasi uchun bu joriy turnirdagi ilk gʻalaba boʻldi.
13-daqiqada mezbonlar oldinga chiqib oldi. Jorj Ilenihena qoʻl bilan oʻynagani uchun belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini Jamshid Iskanderov amalga oshirdi. 34-daqiqada Hussem Auar Stiven Bergveynning uzatmasini yakunlab, hisobni tenglashtirdi.
Uchta uchrashuvdan soʻng «Al-Ittihod» toʻrt ochkoga ega. Avvalroq Iroqning Air Force SC jamoasini magʻlub etgan «Neftchi»da esa bir ochko kam.


