Gassiyev Fyuri — Joshua jangi gʻolibi bilan WBA kamari uchun majburiy jang talab qilmoqda
Rossiyalik bokschi 11-dekabrdagi bahsdan soʻng chempionlik unvoniga majburiy daʼvogarga aylanishi kerakligini taʼkidladi, deb yozadi Sky Sports.

Murat Gassiyev Butunjahon boks assotsiatsiyasini (WBA) uning maqomini toʻlaqonli jahon chempioni darajasiga koʻtarmagani uchun tanqid qildi. Tashkilot Tayson Fyuri va Entoni Joshua oʻrtasidagi bahsni ogʻir vazn toifasidagi «superchempion» kamari uchun oʻtkazishga ruxsat berib, Gassiyevni «muntazam» kamar sohibi sifatida qoldirgan.
Gassiyevning soʻzlariga koʻra, Fyuri — Joshua jangi gʻolibi unga qarshi majburiy himoya jangini oʻtkazishi lozim. «Bu yaxshi variant va agar shunday boʻlsa, faqat xursand boʻlaman. Men tayyorman», — dedi u. Uning taxminicha, bu toʻqnashuvda Fyuri zafar quchadi.
Gassiyev soʻnggi jangini iyun oyida oʻtkazib, Peter Kadiruni nokautga uchratgan edi. Uning navbatdagi jangi qachon boʻlishi hozircha belgilanmagan.

