Glushenkov: «Men avval ham “Zenit” aynan Karpukasni tarkibga qoʻshishi kerakligini aytganman»
Karpukas Glushenkovga golga uzatma berdi, Sankt-Peterburg klubi esa “Akhmat”ni 3:2 hisobida magʻlub etdi.
19-oktabr, 16:23По-русски
Uchrashuvdan soʻng hujumchi “Zenit”ga uzoq vaqt davomida Artem Karpukasdagi fazilatlarga ega futbolchi yetishmaganini taʼkidladi. Glushenkovning soʻzlariga koʻra, yarim himoyachi toʻpni oldinga olib chiqishni va noodatiy harakatlar qilishni biladi. Ular avval ham Moskvaning “Lokomotiv” klubida birga oʻynagan.
“Zenit” 24 ochko jamgʻardi va Rossiya chempionatida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Keyingi turda Sergey Semak jamoasi Maxachqalʼaning “Dinamo” klubini qabul qiladi.


