«Kiyinish xonasida kulamiz». Kurtua — Mbappening diktator qiyofasidagi memlari haqida
Joriy mavsumda «Real» hujumchisi barcha turnirlarda 11 ta oʻyinda 11 ta gol va ikkita golli uzatma qayd etdi.
22-oktabr, 12:47По-русски

commons.wikimedia.org — Bryan Berlin
Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua futbolchilar Kilian Mbappening diktator qiyofasida tasvirlangan suratlariga hazil bilan munosabatda boʻlishlarini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, kiyinish xonasida baʼzan memlar bilan bogʻliq qoʻshiqni kuylashadi.
2026 yilda Mbappe haqidagi bunday memlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi: foydalanuvchilar suratlar va videolarni doimiy ravishda joylashtirmoqda. Hujumchi «Real»ga 2024 yilda qoʻshilgan, shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi.


