Suslenkov: «Kuzmin bilan jangda favorit kimligini ringning oʻzi koʻrsatadi»
Bokschi Artem Suslenkov raqibining tajribasi va kuchiga qaramay, Sergey Kuzmin bilan jangga nihoyatda jiddiy tayyorgarlik koʻrayotganini aytdi.

Sakkiz raundga moʻljallangan jang 16-oktabr kuni Grozniy shahrida boʻlib oʻtadi va «Ahmat-Ozon» turnirining asosiy kardidan joy oladi.
«Bu oʻz darajamni namoyish etish va faoliyatimda yanada yuqorilash uchun navbatdagi imkoniyat. Sergey kuchli va tajribali raqib, shuning uchun bu mamlakatimiz boksi uchun yaxshi qarama-qarshilik boʻladi. Tomoshabinlar qiziqarli jang guvohi boʻlishadi, deb oʻylayman. Uning ringga kamdan-kam chiqishi va soʻnggi jangida magʻlub boʻlgani men uchun mutlaqo hech narsani anglatmaydi. Bunday raqibni mensimaslik mumkin emas. Jangga nihoyatda jiddiy yondashyapman. Bu yerda favorit kimligini esa ringning oʻzi koʻrsatadi. Oʻz kuchimga shubha qilmayman», — deya Suslenkovning soʻzlarini Rossiya Boks federatsiyasi matbuot xizmati keltiradi.
31 yoshli Suslenkov WBA reytingida toʻqqizinchi oʻrinda bormoqda. Uning hisobida 15 ta jang va shuncha gʻalaba bor, ulardan 10 tasi nokaut bilan qoʻlga kiritilgan. 39 yoshli Kuzmin esa 19 ta gʻalabaga ega, ulardan 14 tasi nokaut bilan qayd etilgan, shuningdek, uning hisobida 3 ta magʻlubiyat bor.

