ATPning 150 nafardan ortiq oʻyinchisi juftlik tennisidagi islohotlarga qarshi ochiq murojaatni imzoladi
Ehtimoliy oʻzgarishlar 2028-yilgi turnirlarda juftliklar sonini ikki baravar qisqartirishi va mukofot pullari ulushini 20 foizdan 10 foizgacha kamaytirishi mumkin.

Maktubni 150 nafardan ortiq amaldagi va sobiq oʻyinchilar, shuningdek, milliy tennis federatsiyalari imzolagan. Mualliflar ATPni rejalarini qayta koʻrib chiqishga va juftlik bahslari boʻyicha professionallar uchun imkoniyatlarni saqlab qolishga chaqirdi.
Maktubda juftlik bahslaridan yakkalik bahslariga qariyb $20 mlnni qayta taqsimlash professional imkoniyatlar sonini qisqartirishi va juftlik bahslariga ixtisoslashgan sportchilarning faoliyatini qiyinlashtirishi aytiladi. Mualliflar sportni rivojlantirish oʻyinchilarning oʻsishi, musobaqalarda qatnashishi va daromad topishi uchun imkoniyatlarni ham oʻz ichiga olishi kerak, deb hisoblaydi.


